[readimg]https://www.stadion.uz/images/news/santiago_ramos_mingo.jpg[/readimg] Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Argentinalik himoyachini o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Bu haqida «Boka Xuniors» rasmiy sayti ma'lomot bermoqda. 18 yoshli Santyago Ramos yozdayoq “Barselona” bilan 5 yillik shartnoma tuzishi kutilmoqda. Todibo «Shalke 04»ga ketgach, markaziy himoyachiga bo'lgan ehtiyoj yanada oshdi. Yosh himoyachi “Boka”ning asosiy tarkibida debyut qilmagan bo'lsada, kataloniyaliklar uning kelajagiga to'liq ishonishmoqda. “Sport.es” bergan ma'lumotlarga qaraganda, “Barsa” himoyachi uchun 500 ming evro to'laydi.