Bugun 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatining barcha yarim finalchilari malum bo'ldi. O'zbekiston OTJ ushbu bosqichda Saudiya Arabistoniga qarshi to'qnash keladi. Bellashuv 22 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 15:15da boshlanadi. SHu kuni, Avstraliya – Janubiy Koreya olimpiyachilari o'rtasidagi bellashuv ham o'tkaziladi. 15:15, Saudiya Arabistoni – O'zbekiston 18:15, Avstraliya – Janubiy Koreya Malumot o'rnida, finalga yo'l olgan hamda uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar joriy yilgi Tokio Olimpiadasiga yo'l olishadi.