
«Barselona» sardori Lionel Messi «Granada»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda uchrashuvdagi yagona golni urishga muvaffaq bo'ldi. Argentinalik futbolchi uchun bu kalendar yildagi ilk gol bo'ldi.Shu tariqa, 32 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida ketma-ket 16 yildan beri gol urayotgan dastlabki futbolchiga aylandi. Bu musobaqa tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.Evropaning top-5 chempionatlarida faqat 3 futbolchi uzoqroqqa seriyaga ega: «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 18 yil, «Verona» futbolchisi Jampaolo Patstsini va «Bordo» a'zosi i Jimmi Brian ketma-ket 17 yildan beri gol urib kelishmoqda.
Fikrlar 0