[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-540616_original.jpg[/readimg] Leoning yagona goli “Barselona”ga La Liga 20-turida “Granada” ustidan g'alabani taqdim etdi. Bu argentinalik hujumchi uchun La Liga doirasida urilgan “Kamp Nou”dagi 260-gol bo'ldi. Hech kim bu stadionda Messidek ko'p gol urmagan. Qayd etish joiz, “Santyago Bernabeu”da eng ko'p gol urgan futbolchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Uning hisobida 178 ta gol mavjud.