"Barselona" hujumchisi Usman Dembele yakka tartibdagi mashg'ulotlarga kirishdi, deya xabar beradi klub rasmiy tvitteri.

Noyabr oyi oxirida 22 yoshli frantsuz o'ng oyog' tizzasining yuqori mushaklaridan jarohat olgan edi.

U tiklanishning birinchi bosqichini Qatarda o'tkazdi.

Dembele joriy mavsumda barcha turnirlarda 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.