« Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Xavi «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish yehtimoli haqida gapirdi. «Xosep – tug‘ma g‘olib. Albatta, «Manchester Siti»ning chempionatda «Liverpul»dan ortda qolayotgani uni xafa qilmoqda. Ammo u taslim bo‘lmoqchi emas. U allaqachon Angliyadagi barcha sovrinlarni yutib bo‘lgan va Chempionlar Ligasidagi g‘alaba klubni yangi bosqichga olib chiqadi. Aminmanki, u ushbu sovrinni yutishni ustuvor vazifaga aylantirgan», – deb Xavining so‘zlarini keltiradi Mirror. Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» turnir jadvalida 20-turdan so‘ng 41 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar Ligasida esa guruhdan chiqqan va 1/8 finalda «Real» bilan to‘qnash keladi.