"Sporting" yarim himoyachisi Joelson Fernandesh kataloniyaliklar qiziqish doirasiga tushdi. "Barcelona" 16 yoshli portugaliyalik iste'dodni kuzatib bormoqda. Fernandeshning "Sporting" bilan shartnomasi 2022 yil yozida nihoyasiga etadi. Futbolchining tovon puli 45 million evro etib belgilangan. So'nggi vaqtlarda Fernandesh "Sporting"ning asosiy jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmoqda.