"Barselona" jarohatlangan Luis Suaresning o'rniga boshqa hujumchi qidirish harakatiga tushgan. Kataloniyaliklar Per-Emerik Obameyang va Timo Vernerlarni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishga harakat qilishdi, ammo "Arsenal" va "RB Leypcig" bu taklifga rad javobini berishdi. "Barselona" endi "Monako" forvardi Vissam Ben-Yedderga qiziqishni boshladi. Franciyalik hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 3ta assist qayd etgan.