[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-541122_original.jpg[/readimg] "Los Anjeles" forvardi Karlos Vela "Barselona" qiziqishlari doirasida. Kataloniya klubi 30 yoshli meksikalik o'yinchini yarim yilga ijaraga olishni xohlamoqda. Takidlash kerakki, Vela MLSning o'tgan mavsumida to'purar bo'lgan edi. " Barselona" hozirda jarohatlangan Luis Suaresning o'rniga hujumchi qidirmoqda. Xabar berilishicha, "ko'k-anorranglilar" o'yinchini 25 million evro evaziga sotib olish variantini ham o'rganishmoqda. Vela o'tgan mavsum MLSda 33ta o'yinda maydonga tushib, 36ta gol va 11ta assistga erishgan.