Barcelona
[readimg]https://penalti.uz/files/uploads/uploads/DADO/3wkjC1IIuuZpTnbADtF8C3AffKxpwM.jpg[/readimg]
Kataloniyaliklar jamoaning asosiy hujumchisi Luis Suares mavsum so‘ngigacha safdan chiqqani uchun Rodrigoga jiddiy qiziqishmoqda.
«Valensiya» Morenoni ijaraga bermoqchi emas, uni 60 mln evroga sotmoqchi. «Barselona» esa hujumchini yarim yilga ijaraga olib, keyin sotib olmoqchi. Jurnalist Janluka Di Martsioning yozishicha, futbolchining agenti Jorje Mendesh muzokaralar o‘tkazish uchun allaqachon Valensiyaga etib kelgan.
28 yoshli ispaniyalik hujumchi bu mavsumda 17ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urdi. U faoliyatida davomida «Real» (yoshlar jamoasi), «Bolton», «Benfika» klublarida ham o‘ynagan.
UB
Fikrlar 0