"Bavariya"ga ijaraga berilgan "Barselona" yarimhimoyachisi Filippe Koutinyo, ijara shartnomasi muddati tugagach, Ispaniya klubiga qaytadi, deya xabar beradiBildnashri. Manbada aytilishicha, Braziliyalik yarim ximoyachi Myunxen klubi rahbariyatiga unchalikxam maqul kelmadi va Germaniyaning amaldagi chempionlari ijara muddati yakunida futbolchini sotib olish niyatida emas. Xabar qilinishicha, "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Leroy Sane va "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverts yozda "Bavariya"ning ustuvor maqsadlari hisoblanadi, shuning uchun klub Koutinyoga pul sarflashni rejalashtirmayapti. Ushbu mavsumda Filippe Koutinyo Germaniya chempionatining 16 o'yinida ishtirok etdi. Braziliyalik yarim himoyachi oltita gol urdi va beshta golga xammualliflik qildi.