[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-541217_original.jpg[/readimg] Germaniya chempionatida karvonboshilik qilayotgan "Leypcig" klubi 21 yoshli darvozabon Xosep Martines bilan shartnoma imzoladi. Martines "Leypcig" safiga yozda kelib qo'shiladi. Tomonlar orasidagi hamkorlik 4 yilga mo'ljallangan. Malumot uchun, " Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Martines bugungi kunda "Las-Palmas" darvozasini qo'riqlamoqda. Mazkur klub safida 55 o'yinda maydonga tushgan golkiper o'z darvozasidan 52 marotaba to'p olib chiqqan.