Barcelona
[b]Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
«Kanonirlar»ning 30 yoshli sardorini « Barselona» o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Kataloniyaliklar jarohati bois mavsum yakuniga qadar safdan chiqqan Luis Suares o‘rniga aynan Obameyangni taklif etmoqchi.
«Obameyang Kataloniya klubi safiga o‘tishga rozilik bergan. «Arsenal» esa gabonlik forvardni qo‘yib yubormoqchi emas. Ammo, futbolchining o‘zi London klubiga jamoani tark etish niyatini bildirsa, transfer ehtimoli oshadi. Shunga qaramay, « Barselona» 2021 yilning yozida shartnomasi nihoyasiga yetadigan Obameyangning transferi amalga oshishiga umid bildirmoqda» - deya yoziladi manbada.
Ma’lumot uchun, Per-Emerik Obameyang ushbu mavsumda APL doirasida 22 o‘yinda 14ta golga mualliflik qildi.[/b]
UB
Fikrlar 7
Boladi ijaraga olw kerak
Boladi ijaraga olw kerak
[b] ALP, [/b] Ha oynasa boladi otkan yili chiqdi shunaqa qaror
Chempionlar ligasida o'ynoladimi
Zòr bulardi opkesa
Keremas
Yomonmas