Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
"Adama Traore: Men 10 yilni "Barselona"da o'tkazdim, ko'plab yoqimli xotiralarim bor"
[b]"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi, hozir "bo'rilar" safida o'ynayotgan Adama Traore Ispaniya klubini tark etish haqida gapirdi.
- Men 10 yilni "Barselona"da o'tkazdim, ko'plab yoqimli xotiralarim bor. Ketganimda, klub bilan muammolarimiz, tushunmovchiliklarimiz bor edi, shuning uchun men ketishga qaror qildim, o'yinchi sifatida o'sishni istadim.
- Men va klub o'rtasida bo'lib o'tgan voqealar haqida tafsilotlarni oshkor qilishni istamayman. Biz eng yaxshi tarzda ajralmadik, lekin men ketishga qaror qildim va ayni vaqtda ketishim haqida gapirishni xohlamayman.
- La Ligaga qaytishga kelsak, endi mening maqsadim - Angliyaning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lish va bundan keyin yana qaytib La Ligada to'p surishimga aminman.
- "Barselona"dan qolgan yomon xotiralarni xotiramda saqlab turmayman. Xo'sh, nega yo'q? Agar "Real" yoki "Barsa" chaqirsa, men albatta o'ylab ko'raman deydi TraoreCadena SERnashriga bergan intervyusida.[/b]
UB
Fikrlar 3
Ha omadini bersin
:alo::alo::alo:
Ha mayli etmi qöyuri