[b]Ispaniya chempionatida 21-tur o'yinlari bugundan boshlanadi. 20-turning markaziy uchrashuvi « RealMadrid» hamda «Sevilya» o'rtasida kechgandi. Bu turda esa “ Barselona“ mehmonda “Valensiya“ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur turda aynan mana shu o'yin markaziy bahs deya etirof etilmoqda. Quyida 21-tur o'yinlariga anonslarni havola etamiz. 24.01 01:00 (Toshkent vaqti) «Osasuna» – «Levante» “Osasuna” so'nggi turda “Valodolid” bilan durang o'ynadi (0:0). “Levante” esa o'y maydonida “Alaves”ga mag'lub bo'ldi (0:1). Har ikkala jamoa 20 turda 26 ta gol urishdi va turnir jadvalida yonma-yon joylashganlar. O'yinga oid faktlar: - “Osasuna“ Ispaniya chempionatining so'nggi 8 o'yinning 6 tasida 1-bo'limda gol ura olmadi; - “Levante“ hujumchisi Rojer Marti La Ligada so'nggi 7 ta o'yinda 6 ta to'p kiritgan. Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Enis Bardi, Oer Olasabal, Ivan Lopes, Rober Per (“Levante“). So'roq ostida: Oer Mate, Fran Merida, Ruben Martines, Raul Navas, Antonio Larorre (“Osasuna“), Xorxe Miramon (“Levante“). 25.01 17:00 (Toshkent vaqti) “Espanol“ - “Atletik Bilbao“ “Espanol“ oxirgi turda “Vilyarreal“ ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) chempionatdagi 9 o'yindagi g'alabasiz ceriyaga chek qo'ydi. “Atletik“ esa so'nggi turda “Selta“ bilan durang o'ynab (1:1) ketma-ket to'rtinchi durangiga erishdi. O'yinga oid faktlar: - La Liganing so'nggi 9 uchrashuvining 7 tasida “Espanol“ dastlabki 45 daqiqada hisobni ochgan. Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Sebasten Korshya (“Espanol“), Oskar De Markos (“Atletik“). So'roq ostida: Viktor Kampuzano, Esteban Granero (“Osasuna“), Arits Aduris (“Atletik“). 25.01 20:00 (Toshkent vaqti) “Valensiya“ - “ Barselona“ Avvalgi turda “Valensiya“ mehmonda “Malorka“ga 4:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi. “ Barselona“ yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk uchrashuvda “Granada“ni minimal hisobda mag'lub etgandi. “ Barselona“ning mag'lubiyatsiz ceriyasi chempionatda 9 taga etdi (6 g'alaba, 3 durang). Kataloniyaliklar so'nggi 7 uchrashuvning 5 tasida 1 tadan ko'proq to'p kiritdi. O'yinga oid faktlar: - “Valensiya“ chempionatning so'nggi 8 o'yinning 6 tasida birinchi bo'limni boy bermadi; - Leo Messioxirgi 15 o'yinda 14 ta gol urdi. Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Gonsalu Gedesh, Kristian Pichchini (“Valensiya“), Luis Suares, Usman Dembele (“ Barselona“) So'roq ostida: Yasper Sillessen, Manu Valexo (“Valensiya“), Neto (“ Barselona“)[/b]