[b]"Barselona" va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchi Rivaldo PSJ hujumchisi Edinson Kavani Kataloniyaliklar tarkibini kuchaytirishi mumkinligiga ishonmoqda. - "Ehtimol, Kavani PSJni tark etadiganga o`xshaydi. Suaresning mavsumning muhim qismida olgan jarohatidan kelib chiqib aytadigan bo`lsak, Edinson "Barselona" hujumiga katta turtki bo'ladi", - deya iqtibos keltitdi FCBarcelonaFI nashri Rivaldoninh so`zidan. Avvalroq, "Chelsi" Kavani bilan qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, londonliklar urugvaylik futbolchini qo`lga kirita olishmasa, e`tiborlarini SSKA futbolchisini Fyodir Chalovga qaratishadi.[/b]