[b]«Barselona» Braziliyaning «Kuritiba» klubi o‘ng qanot himoyachisi Yan Kouto transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda. 17 yoshli braziliyalik futbolchining transferi Kataloniya klubiga 5 million yevroga tushdi. «Barselona» FIFAning voyaga yetmagan futbolchilar transferi qoidasini buzmaslik uchun Kouto 18 yoshga iyun oyida to‘lishi sababli, futbolchi yozgacha «Kuritiba» safida qoladi. Ma’lumot uchun, Kouto 2019 yilda Braziliya o‘smirlar jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Braziliyada ushbu yosh himoyachini «yangi Dani Alvesh» sifatida ta’riflashmoqda.[/b]