[readimg]https://stadion.uz/images/news/seten.jpg[/readimg] Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Kike Seten «Valensiya» klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida Rodrigo Morenoni sotib olish mumkinligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi. «Hozircha «Barselona» Morenoni sotib olmadi, lekin klub hali muzokaralarni davom ettirmoqda. Nima uchun klub 60 million evro sarf qilmoqchi emasligini tushunaman, ammo men hujumchining mehnatini kamsitish niyatida emasman», — dedi Seten.