
Ispaniya La Ligasi 21-turidan o'rin olgan markaziy o'yin yakuniga etdi. "Valensiya" o'z maydonida "Barselona"ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Bahsning 12-daqiqasida Pike tomonidan ishlatilgan qo'pollik tufayli kataloniyaliklar darvozasiga penalti belgilandi. Maksi Gomes tomonidan yo'llangan zarbani Mark-Andre ter Shtegen qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuvning aksariyat vaqtida Seten shogirdlari to'pni nazorat qilgan bo'lsa-da, tanaffusga qadar ular raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat yarata olishmadi. Ikkinchi bo'limning debyuti "ko'rshapalaklar" uchun omadli chiqdi. Gomes tomonidan yo'llangan zarba natijasida to'p Albaga tegib, "Barselona" darvozasiga borib tushdi. Shundan so'ng "ko'k-anorranglilar" xavfli vaziyatlar yarata boshlashdi. Fati, Messining zarbalariga biroz aniqlik etishmagan bo'lsa, ba'zi vaziyatlarda himoyachilar va darvozabon mahorat ko'rsatishdi. Bahsning 77-daqiqasida yana o'sha Maksi Gomes nihoyat o'z nomini tabloga yozib qo'ydi. Qarshi hujum paytida hujumchi tomondan yo'llangan zarbani ter Shtegen qaytara olmadi. Shu tariqa, "Barsa" Kike Seten boshqaruvida dastlabki mag'lubiyatini qayd etdi. Ertaga "Real" "Valyadolid"ni mag'lub etsa, peshqadamlikni o'z qo'liga oladi. Ispaniya chempionati, 21-tur.Valensiya – Barselona 2:0 (0:0, 2:0)Gollar: 1:0 – 48, avtogol Alba, 2:0 – 77 Maksi Gomes. Valensiya – Domenek, Gayya, Garay, Gabriel Paulista, Vass, Soler (Sobrino, 90), Ferran Torres, Kondogbia, Koklen, Gameyro (Rodrigo, 59), Maksi Gomes (Kosta, 80).Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Serdji Roberto, Alba, de Yong (Rakitich, 85), Buskets, Artur (Vidal, 56), Fati (Kolyado, 85), Messi, Grizmann.Ogohlantirishlar: Pike (10), Umtiti (43), Buskets (52), Koklen (54).
Fikrlar 8
:past::past::past:
Bartameoning ishiga xayronmanda Negaendi Barsaning darajasidan ancha pas Valverde undan batar Seten tushunmayapman
Valverdeni barsasidan yaxwi uzr holda
umid qilamiz bu kunlar tez orada ortda qoladi
barsa uziga uxwamadi
:00:Sharmandani xidi kelyapti:00:
Uzur qöpollik un
Jalaaaaa