Kike Setien: "Birinchi bo'limda biz yomon harakat qildik. Biz noto'g'ri pozitsiyalarni egalladik, aniqlik yetishmadi. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz yaxshi bo'lmadi. O'yinchilar hali ham ba'zi narsalarni tushunmayapdi".   "Ikkinchi bo'limda biz yaxshiroq o'ynadik va aniq vaziyatlarga ega bo'ldik. Afsuski, biz ularni gol bilan yakunlay olmadik va ikkinchi to'pni o'tkazib yubordik. Rostini aytsam, Valensiya birinchi bo'limda ko'proq ustunlik qildi. Biz esa yomon harakat qildik va bu hatolarni tuzatishimiz kerak".   "Valensiya" Fati va Messiga qarshi juda yaxshi o'ynadi, ularning maydondagi harakatini cheklab qo'yishdi. Bu biz imkon qadar unutishga harakat qiladigan alamli mag'lubiyatdir.