[readimg]https://championat.asia/upload/storage/541740_680.jpg[/readimg] La Liga 21-turida “Barselona” safarda “Valensiya”ga (0:2) imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvda kataloniyaliklar sardori raqib darvozasi tomon 11 marta zarba yo'lladi. Ammo bu zarbalarning birortasi golga aylanmadi. Bu bilan Messi2017 yili “Deportivo"ga (0:4) qarshi bahsdagi antirekordini takrorladi. O'shanda ham argentinalik futbolchi raqib darvozasiga xuddi shuncha zarba yo'llab, ularning birortasini ham golga aylantira olmagandi. Messijoriy mavsumda Ispaniya chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.