[readimg]https://stadion.uz/images/news/ERk6.jpg[/readimg] La Liganing 21-tur uchrashuvida "Valensiya" o'z uyida "Barselona"ni mag'lub etdi (2:0). Bu "Valensiya"ning 2016 yil aprel oyidan beri Ispaniya chempionatidagi kataloniyaliklar ustidan qozongan birinchi g'alabasi bo'ldi. O'shanda "Valensiya" safarda 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. "Barselona" La Liga doirasida "Mestalya" stadionida 2007 yildan beri yutqazmayotgan edi, o'sha yili kataloniyaliklar 1:2 xisobida mag'lub bo'lishgan edi.