U Ispaniyaga ketishi mumkin edi. "Barselona" klubi "Monako" hujumchisi Vissam Ben-Yedderni qo‘lga kiritishga urunib ko‘rdi. Foot Mercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 29 yoshli frantsuzning transferi uchun monakoliklarga 80 mln evro taklif qilishgan. Biroq, bu borada ular rad javobini olishdi. Aniqrog‘i, “Monako” mavsum oxirigacha o‘z hujumchisini saqlab qolishni xohladi. Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” bu borada Per-Emerik Obameyang ("Arsenal") nomzodidan voz kechgani va uning o‘rniga “Valensiya” hujumchisi Rodrigoni olib kelmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma’lumot uchun, Ben-Yedder joriy mavsum “Monako” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.