PSJ, "Barselona" va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldino Gabriel Martielli haqida fikr bildirdi. - Braziliyaliklar uni kelajakda nimalar kutayotganlaridan xursandlar. Iqtidorga ega bo'lish va 18 yoshida o'ziga bo'lgan ishonch. U menga Ronaldoni eslatmoqda. U Evropadagi birinchi mavsumida 30ta gol urgan edi va odamlar: "18 yoshli braziliyalik yigit kim bo'ldi?" deyishgan edi. U to'p bilan o'ynashni yoqtiradi va raqiblari tomon qo'rqmasdan yuguradi. Gabriel shunchaki to'p bilan bo'lishni va gollar urishni xohlaydi. Ronaldo dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan edi va Martinellida ham shunday imkoniyat bor", - deydi Ronaldino. Gabriel Martinelli joriy mavsum "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi. [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-542006_original.jpg[/readimg]