Italiyaning etakchi Calciomercato nashriga ko‘ra, "Inter" markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar yozda klubni tark etishi mumkin. 24 yoshli slovakiyalik futbolchi uchun "Real" va "Barselona" klublari da’vogarlik qilmoqda. Manbaga ko‘ra, futbolchining agenti Madrid klubi bilan kelishuv imzolashga yaqin turibdi. Xabarlarga ko‘ra, madridliklar Mkrinyarni 33 yoshli ispaniyalik markaziy himoyachi Serxio Ramosning o‘rinbosari sifatida ko‘rishmoqda. Eslatib o‘tamiz, futbolchi uchun shuningdek, PSJ va "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirmoqda.