Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
"Boka Xuniors" Ramos Mingoni sotib olgani sababli "Barsa" ni sudga bermoqchimi?
[b]Futbolchi "Barsa" ga bepul shartnoma asosida qo'shildi. U "Boka Xuniors" bilan professional shartnoma imzolamadi. "Boka Xuniors " prezidenti o'yinchi hali ham Argentina tomoniga tegishli deb hisoblamoqda. U masalani sudga berish bilan tahdid qilmoqda.
"Boka Xuniors" himoyachisi Santyago Ramos Mingo bir necha hafta oldin "Barselona B" bilan shartnoma imzoladi, ammo transfer borasida ba'zi qiyinchiliklar mavjud.
"Boka" prezidenti Xorxe Amor Ameal hamon o'yinchining Argentina tomoniga tegishli ekanligiga ishonadi.
"FIFAning o'yinchining daromadi bo'yicha qoidasi bor, u bizga tegishli",deydi Ameal TyC Sports nashriga.“Advokatlarimiz ishlamoqda va biz ularga qarshi kurashamiz, chunki u biznikidir".
"Barselona" ning fikricha, Ramos "Boka Xuniors" bilan professional shartnoma imzolamaganligi sababli, uni erkin agent sifatida imzolash huquqiga ega bo'lishgan.
Yigit Italiya pasportini olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida. Shundan so'ng, u nihoyat "Barselona B" ga Evropa Ittifoqi o'yinchisi sifatida qo'shilishi mumkin.
“Barsa B” sport direktori Xose Mari Bakero muzokaralarni shaxsan o'zi olib borgan va bu o'yinchi kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolashga ishontirgan.
18 yoshli futbolchi allaqachon "Boka Xuniors " ning birinchi jamoasida debyutini o'tkazgan, lekin odatda o'z klubida yoshlar jamoasida o'ynaydi.[/b]
UB
Fikrlar 1
Foydasi yoq barsa ga otdi hec qanday narsa ololmaydi