«Barselona» hujumchisi Usmon Dembele 2 oy davom etgan tanaffusdan so‘ng katta sportga qaytdi. Cadena Cope`ga ko‘ra, 22 yoshli fransiyalik futbolchi umumiy mashg‘ulotlarga qo‘shilgan. Ma’lumot uchun, 2017 yilda «Barsaga» o‘tgan fransuz 27 noyabr sanasida son qismidan jarohat olgandi. Ushbu mavsumda u «ko‘k-anorranglilar» safida bor yo‘g‘i 9ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urishga erishgan.