[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-542320_original.jpg[/readimg] “Sassuolo” hujumchisi Domeniko Berardi faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Kataloniyaliklar 25 yoshli hujumchining transferi bo'yicha A Seriya jamoasi bilan muzokara o'tkazishga ham ulgurgan. Berardi joriy mavsum sassuololiklar safida 17 o'yinda qatnashib, 9ta gol urdi va 3 samarali uzatmani o'z hisobiga yozdirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilning yozigacha imzolangan bo'lib, italiyalik forvardning transfer narxi 24 mln. evroga baholanmoqda.