Mundo Deportivo va Calciomercato ham habar berishlaricha, Karles Peres "Roma" ga o'tishini yakunlash uchun allaqachon Rimda bo'lgan. Futbolchi tibbiy ko'riklarini bugun, 29-yanvar chorshanba kuni o'tkazadi. Qizig'i shundaki, manbalar Karles bilan kelishuvning mohiyati borasida aniq ma’lumotga ega emaslar. Mundo Deportivo hujumchining "Roma" ga doimiy asosda qo'shilishini va 5 yillik shartnoma imzolashini da'vo qilmoqda. U italiyaliklarga boshlang'ich 13 million evro va undan keyin 2 million evro bonus evaziga o’tadi. O'z navbatida, Calciomercato, Karlesning "Roma" ga 13,5 million evroga sotib olish majburiyati bilan "Roma" bilan shartnoma imzolaganiga ishonadi. U yiliga 2 million evro olishi kutilmoqda. Shunga qaramay, ikkala matbuot nashrlari "Barselona"da sotib olish shartlari bo'lmaydi. Agar sotib olish shartinin qo’ysa ular muvaffaqiyatsizlikka uchrashlari mumkin, deya qo'shimcha qiladi Mundo Deportivo. Biz Karlesning shartnoma shartlarini aniqlashtirish uchun rasmiy e'lonni kutamiz. Karles joriy mavsum kataloniyaliklar uchun 12 ta o'yinda ikkita gol urdi. Shuningdek, u uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Karles ushbu yozda mavsumoldi mavsumni sermazmun o'tkazdi. U Andres Inestaning Vissel Kobe bilan o'rtoqlik uchrashuvida raqib darvozasini ishg'ol qildi.