Barcelona
[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-542707_original.jpg[/readimg]
"Barselona" "Real Sosedad" futbolchisi Villian Joze bilan kelisha olmadi.
"La Sexta" xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" " Real"ning sobiq futbolchisi uchun 21 million evro to'lashga tayyor bo'lgan. Biroq "basklar" transferdan 30 mln evro ishlab olishni istashgan.
Eslatib o'tamiz, " Barselona" jarohat olgan Luis Suaresning o'rniga hujumchi izlamoqda. Transferlar oynasi yopilishiga esa oz fursat qolmoqda.
Joze uchun ayni damda "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" kabi klublar qiziqish bildirishmoqda.
UB
Fikrlar 0