Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
“Palmeyras” yarim himoyachisi “Barselona” bilan shartnoma imzoladi
[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-542721_original.jpg[/readimg]
“Barselona” klubi rasmiy sayti “Palmeyras” yarim himoyachisi Mateus Fernandes bilan shartnoma tuzilganligini malum qildi.
Braziliya va Ispaniya klubilari futbolchining transferi borasida bir qarorga kelishdi. Fernandes 2020 yilning 1 iyulidan klub safiga kelib qo'shiladi.
Futbolchining transfer summasi 7 million evro (3 million evro bonus sifatida qo'shiladi)ni tashkil etiladi. Futbolchi klub bilan besh yillik shartnoma tuzadi va u 2024/25 yilgi mavsum so'nggia qadar amalda bo'ladi. Futbolchining tovon puli 300 million evroni tashkil etadi, deyilmoqda Kataloniya klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Fernandes “Botafogo” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi o'tgan yilning yanvarida 4 million evro evaziga “Palmeyras”ga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda Mateus jamoasi tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 21 yoshli yarim himoyachi hisobida bitta gol mavjud.
UB
Fikrlar 1
Yaxshi