
«Barselona» hujumchisi Abel Ruis faoliyatini «Braga» klubida davom ettiradigan bo'ldi. Portugaliyaliklar 20 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olishdi hamda keyinchalik uni 8 million evroga sotib olishlari mumkin. Ruis yangi jamoasi bilan 2025 yilning yozigacha bo'lgan shartnoma imzolaydi.Ma'lumotlarga qaraganda, "ko'k-anorranglilar" futbolchining transferini qayta sotib olish huquqini o'zlarida saqlab qolishgan.Ispaniyalik futbolchi ushbu mavsumda «Barselona B» safida 19ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.
Fikrlar 0