[readimg]https://stadion.uz/images/news/tebas4.jpg[/readimg] [b]La Liga prezidenti Xaver Tebas «PSJ» va «Manchester Siti» klublari moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgani uchun evrokuboklardan chetlatilishi kerakligini ta'kidladi. – «PSJ» va «Manchester Siti» klublari atrofida ro'y berayotgan voqealarga munosabatingiz qanday? OAVga ko'ra, ular moliyaviy halol o'yin qoidasini chetlab o'tishgan. – Nazarimda, har ikkala jamoa jiddiy jazoga tortilishi kerak va UEFA musobaqalarida ishtirok etishdan mahrum qilinishi hamda evrokuboklardan chetlatilishi kerak. Ular o'z xarajatlari orqali transfer bozorini portlatishmoqda. Nima uchun «Milan» bir yillik diskvalifikatsiya oldiyu, bu ikki jamoa olmadi?[/b]