"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele jamoaning avvalgi shifokorlari mas'uliyatsizligi qurboni bo'layotgani aniqlandi.Cadena COPE  tarqatgan xabarga ko'ra, tibbiyot xodimlari futbolchi bilan noto'g'ri tiklanish mashg'ulotini o'tkazishgan. Shu bois, frantsiyalik o'yinchi tez-tez jarohat olmoqda. Manbaga ko'ra, "Barsa"ning yangi tibbiyot shtabi Dembelega mos keladigan yangi mashg'ulot ishlab chiqqan. Dembele ushbu mavsumda 9ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.