Ispaniya La Ligasi matbuot xizmati o'zining tvitterdagi rasmiy sahifasida "Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpinni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi. Bugun, 2 fevral, mutaxassis 51 yoshni qarshi oldi. [readimg]https://championat.asia/upload/storage/543014_680.jpg[/readimg] "O'z ismini La Liga tarixiga yozdirgan rus dahosi. Tug'ilgan kuning bilan, Karpin!" — deyiladi xabarda. Malumot uchun, Estoniyada tug'ilgan Karpin Ispaniyada 1994-2005 yillarda faoliyat yuritib, " RealSosedad", "Valensiya" va "Selta" klublari sharafini himoya qilgan. U "Selta" bilan Intertoto kubogini yutgan (2000) va Ispaniya kubogi finaliga chiqqan (2000/2001). " RealSosedad" bilan esa 2002/03 yilgi mavvsum yakunida La Liga kumush medallariga ega chiqqan edi.