O'tkazib yuborilgan gollar Mark-Andre ter Shtegenning "Levante" ga qarshi o'yiniga soya solgan bo'lsa-da, statistika shuni ko'rsatadiki, nemis darvozaboni ushbu kechada yuqori darajadagi aniqlik qayd etdi. Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatmoqdaki "Barselona" posboni kechagi bahs davomida sheriklarini 46-bor to'p bilan ta'minlashga urindi va uning ijrosidagi 46-passning barchasi o'z manziliga aniq yetib borgan. Passlardan tashqari 27 yoshli futbolchi asosiy ishida a'lo darajada o'yin ko'rsatdi to'pni "Barsa" darvozasiga kirmasligini ta'minlash. U o'yin davomida to'rtta yaqqol golli vaziyatda raqiblar zarbasini bartaraf etib jamoa g'alabasiga ulkan xissa qo'shdi.