Barcelona
Eto'O o'zi bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchilar haqida: Menga juda kuchli futbolchilar bilan birga o'ynash nasib etgan va mening sobiq jamoadoshlarimdan qay birini tilga olmang yoki yulduz o'yinchi yoki kamida yaxshi futbolchi bo'lib chiqadi.
Messi haqida gapirsak, u yerlik futbolchi emas. U yagona. Ko'pchilik, agar Messi boshqa klubda o'ynaganida buyuk futbolchi bo'la olmas edi, deydi, ammo mening fikrim boshqacharoq. Baribir istalgan jamoa uni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilardi, u esa tarix yozishda davom etardi.
Birga o'ynagan futbolchilarim orasidan faqat bittasini tanlash kerak bo'lsa, men Leoni emas Andres Iniestani tanlardim. U futbolning super dahosi.
UB
Fikrlar 1
Töri