Barcelona
[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/Xt/LsbrZ64Z3G7CXsLXs4Wphv45LHLFGh_normal.jpg[/readimg]
«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 10-turidan o‘rin olgan «Barselona» bilan o‘yin qoldirilgani haqida fikr bildirdi.
«Biz aytilganidek qilamiz. Agar 26 oktyabr kuni o‘ynash kerak bo‘lsa, bunga tayyormiz. Agar boshqa sana belgilanadigan bo‘lsa ham, o‘ynayveramiz.
Men qarama-qarshiliklar juda ko‘p ekanligini bilaman. Murabbiy sifatidagi vazifam – jamoani o‘ynashimiz kerak bo‘lgan paytga tayyorlab qo‘yish. O‘yinning qoldirilishi haqida indamaganim yaxshiroq.
O‘yin 7 dekabr yoki 18 dekabr bo‘lishi mumkin. Qachon o‘ynasak ham, shunga moslasha olamiz», – deb Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca.
UB
Fikrlar 0