[b]"Betis" himoyachisi Mark Bartra yaqinda "Barselona" bosh murabbiyi bo'lgan sobiq ustozi Kike Setien haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. - Seten va men Betisda birgalikda juda yaxshi yillarni o'tkazdik. Har bir murabbiy o'z yo'lida g'alaba qozonishni xohlaydi. - Futbolda asosiysi natija. Murabbiy yangi jamoani qabul qilsa, kun tartibida birinchi o'rinda moslashish masalasi bo'ladi. Vaqt ko'rsatadi Setien moslashadimi yoki yo'qmi bilib olamiz. - "Barselona" hamma joyda g'alaba qozonishga intiladigan buyuk jamoadir- deydi sobiq La Masiya tarbiyalanuvchisi.[/b]