Barcelona
[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/h5/eEJiK1gCLOCB8hKuE2EVpQ2jqSVkSz_normal.jpg[/readimg]
«Milan» tarbiyalanuvchisi Xoshim Mastur Italiya futboliga qaytdi.
21 yoshli yarimhimoyachi S Seriya vakili «Rejina» bilan shartnoma imzoladi.
Mastur 2018 yil dekabr oyida Gretsiyaning «Lamiya» klubini tark etib, erkin agent maqomida ishsiz yurgan edi.
Xoshim 2012 yilda «Milan» akademiyasiga qabul qilindi. 16 yoshida Marokash milliy jamoasida debyut qildi. Uning iste’dodi «Marokashlik Messi» laqabini olishiga sabab bo‘ldi. Ammo futbolchi o‘z iqtidorini rivojlantira olmadi.
Keyinchalik Ispaniyaning «Malaga», Gollandiyaning «Zvolle» klublarida ijarada o‘ynab, muvaffaqiyatsiz mavsumlarni o‘tkazdi. 2018 yilda «Milan»ni tark etdi.
UB
Fikrlar 1
:alo: