[b]"Atletik Bilbao" hujumchisi Ariz Aduriz Ispaniya kubogining chorak finalidagi "Barselona"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. - Ispaniya kubogining ushbu uchrashuvidagi motivatsiya kishiga hayratlanarli daqiqalarni taqdim etadi. - Agar siz futbol o'ynasangiz, unda bunday o'yinlarda o'ynashni orzu qilasiz. - Bu finalga o'xshaydi, chunki faqat bitta jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. La Ligada "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba haqida ? - Men bu golni doim yodda saqlayman, ammo biz ushbu o'yinga e'tiborni qarata olmaymiz. Bizni yana bir o'yin kutmoqda va biz oldingi uchrashuv haqida o'ylamasligimiz kerak- deydi Ispaniyalik hujumchi. Ma'lumot o'rnida, "Atletik Bilbao" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi bahs 6-fevral tunggi soat 01:00da San Mames o'yingohida bo'lib o'tadi.[/b]