[b]Ispaniya kubogi musobaqasida chorak final bosqichi yakuniga etib, yarim finalga chiqqan 4ta jamoaning nomi aniq bo'ldi. Yarim final qur'asi haqida ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz. Jamoalar Chorak finalga quyidagi jamoalar chiqishdi: "Granada", "Real Sosedad", "Mirandes", "Atletik". Qachon? Qur'a tashlash marosimi 7 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 17:00da Ispaniya futbol federatsiyasi qarorgohida bo'lib o'tadi. Format Yarim final bosqichi ikkita o'yindan iborat bo'ladi. Jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. "Ko'r-ko'rona" printsipi asosida o'tkaziladigan qur'ada har qanday jamoa istalgan klubga to'qnash kelishi mumkin. Nomi birinchi tortilgan jamoa dastlabki o'yinni o'z uyida o'tkazadi. Taqvim Yarim final o'yinlari 12/13 fevral va 4/5 mart kunlari o'tkaziladi. Final uchrashuvi 18 aprel kuni Sevilya shahridagi "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tadi.[/b]