[b]Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Kike Seten Messining jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi. «Messi avvalgidek ishtiyoqli. To'g'ri, kelasi yozda u «Barselona»ni tark etishi mumkin, ammo u bunday qilmaydi. Uni «Barselona»da qanchalar baxtli ekanligini ko'ryapman. U besh avvalgidek yaxshi o'ynamoqda. Messida tajriba va iqtidor bor. U «Barselona» uchun juda kerak. Men har bir futbolchiga otalik qila olmayman, lekin ishontirib ayta olamanki, Mesining jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlar juda bo'rttirilgan. Hali u bilan xayrlashishimizga erta», — dedi Seten.[/b]