[b]"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten Ispaniya Kubogi 1/4 finali doirasidagi "Atletik"dan 0-1 uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Jamoa ko'rsatgan o'yin haqida ? - Futbolda o'tkazgan har yilimda shunday holatga guvoh bo'laman, siz bitta zarba bilan gol urishingiz mumkin, boshqa kuni esa 10 ta zarba ham golga aylanmaydi. Natija haqida ? - SHunday narsalar borki, uni murabbiylar ham, o'yinchilar ham nazorat qila olishmaydi, bu ham ulardan biridir. Hammasi yaxshi bo'ldi, faqat natijadan boshqa. De Yongga simulyatsiya uchun berilgan sariq kartochka ? Men de Yong bilan bo'lgan vaziyatni ko'rmadim. Menga bu yaqqol fol deb aytishdi, ammo men hakamlar ishini tahlil qilmayman - deydi Seten. Ma'lumot o'rnida, Ispaniya Kubogi 1/4 finali doirasidagi "Atletik Bilbao" - "Barselona" o'yinida mezbonlar 0-1 xisobida g'alaba qozonishib yarim finalga yo'l olishdi.[/b]