[b]Bilbao to'qnashuvidan keyin Jordi Alba ommaviy axborot vositalariga murojaat qilib, Leo Messi va Erik Abidal o'rtasidagi kelishmovchilik bo’yicha o’z fikrlarini bildirdi. -"Hammamiz birlashishimiz kerak.” -"Abidal? U ilgari o'yinchi bo'lgan, futbolchining nimani his qilishini, kiyinish xonasida nima bo'lishini bilishi kerak. Biz bir-birimizga yordam berishimiz kerak",- deydi Jordi. Seshanba kuni Leo Messi va Erik Abidal o'rtasidagi kelishmovchilik ommaga ma'lum bo'ldi. "Barsa" sport direktori Valverdening "ko'plab" futbolchilarni qoniqtirmasliklari va "ba'zilari" juda qattiq mashq qilishmaganini aytganidan so'ng, Messi sobiq jamoadoshiga o'z ishi haqida qayg'urishni aytdi. Argentinalikning ta'kidlashicha, futbolchilar jamoada nimalar bo'layotganini yaxshiroq bilishadi. Turli manbalarda ta'kidlanishicha, klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu ikkalasini yarashtirdi.[/b]