[readimg]https://stadion.uz/images/news/Ispaniya_kubogi.jpg[/readimg] [b]Bugun Ispaniya kubogining yarim final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Qur'aga ko'ra, Segunda vakili — "Mirandes" klubi "Real Sosedad" bilan to'qnash kelsa, "Atletik" "Granada" bilan final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Ispaniya kubogi, yarim final "Real Sosedad" - "Mirandes" "Atletik" - "Granada" Yarim final bosqichi ikkita o'yindan iborat bo'ladi. Uchrashuvlar 12/13 fevral va 4/5 mart kunlari o'tkaziladi. Final uchrashuvi 18 aprel kuni Sevilya shahridagi "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tadi.[/b]