"Vissel Kobe" Yaponiya Superkubogi uchun bahsda "Yokohama Marinos" klubini mag'lub etdi (3:3, penaltilar seriyasida - 3:2). "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta uchrashuvni to'liq o'tkazdi. 35 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun ushbu sovrin Yaponiya klubi tarkibidagi mamlakat kubogidagi g'alabadan keyin ikkinchi sovringa aylandi. Umuman olganda, bu Inestaning faoliyatidagi 37-sovrin. Futbolchi 9 marta Ispaniya chempionligini, 6 marta Ispaniya kubogini va 7 marta Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan. Shuningdek, 4 marta Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan. Ispaniya terma jamoasida Inesta jahon chempioni va Evropa chempioni(ikki marta) bo'lgan