«Barselona» Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubida o‘ynayotgan sobiq futbolchisi Andres Inestani qishki transferlar oynasida qaytarmoqchi bo‘lgan. Sport'ning ma’lum qilishicha, Inesta yanvar oyida bir qator klublardan, jumladan, «Barselona»dan taklif olgan. Kataloniya klubi yarimhimoyachini mavsum so‘ngigacha ijaraga olmoqchi bo‘lgan. Ammo Inestaning 2 yillik shartnomasi borligi, u jamoa sardori bo‘lgani va klubning Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etishi sababli kelishuv amalga oshmadi. Inesta «Vissel Kobe» bilan shartnomasi yakunlangach, murabbiylik faoliyatini boshlashi aytilmoqda.