"Barselona" hujumchisi Luis Suares La Liganing 9-turida "Eybar" bilan uchrashuvda (3:0) gol urdi.

32 yoshli urugvaylik uchun bu joriy mavsum Ispaniya chempionatining ettinchi uchrashuvidagi beshinchi goliga aylandi.

Umumiy hisobda Suares "Barselona" uchun 184-golini urib, Xosep Samiterga etib oldi va u bilan kataloniyaliklar tarixidagi to'purarlar ro'yxatida to'rtinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

Faqatgina Ladislao Kubala (194), Sesar Rodriges (232) va Lionel Messi (605) Suaresdan ko'proq go'l kiritishgan.