[b]Leo "Real Betis" ga qarshi uchrashuvda uch bor assisententlik qildi. Bu uning karerasida to'rtinchi marta qilgan ishi. Messi 2016 yil mart oyidan buyon bitta o'yinda uchta assisentlikni qayd etmay kelayotgan edi. Yakshanba kuni Leonel Messi "Real Betis" ga qarshi o'yinda uchta assisentlikni taqdim etdi. Bu uning muvaffaqiyatga erishgan to'rtinchisi edi. O'shanda u boshqa jamoalarga qarshi ham xuddi shu ishni amalga oshirgan. “Levante” 1-4 “Barselona”, ​Kopa del Rey, 2014 yil yanvar Argentina 6-1 Paragvay, Kopa Amerika, 2015 yil iyul “Barselona” 6-0 “Xetafe”, La Liga, 2016 yil mart Ammo yakshanba kungi “xet-trik assisent"lilgi eng muhimlaridan bo’ldi. Serxio Kanalesning ta'kidlashicha, birinchi bo'lim ohirida Leoning ajoyib to’p uzatmasidan so’ng Serxio Busketsning goli "Betis"ni “vayron” qilgan. Shundan so'ng, uning paslari Kleman Langlening goli bilan yakunlandi, bu esa "Barsa" ni 1-dekabrdan boshlab La Ligada mehmondagi birinchi g'alabasini ta'minladi. Messidan tashqari faqat Pablo Sarabia (sobiq "Sevilya") va Luis Suares La Ligadagi bitta o'yinda uch marta assisentlik qilishgan. Qizig'i shundaki, Suares buni musobaqada uch marta amalga oshirgan.[/b]